O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoraqalpog‘istonda “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi o‘rganilmoqda
2021-05-28 | Siyosat
2021-yil 27-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respblikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari N.Erlepesovning raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
2021-yil 27-may kuni Qoraqalpog‘iston Respblikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari N.Yerlepesovning raisligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul O‘zkomnazoratning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning “qizil” va “sariq” ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sida belgilangan vazifalarning ijro holati o‘zaro muhokama qilindi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, tumanlarning reyting ko‘satkichlarini yaxshilash, farmon va qarorlarning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish masalalari bo‘yicha fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda “qizil” va “sariq” ro‘yxatga kiritilgan tumanlarni “yashil” ro‘yxatga o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.