O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Saxa Respublikasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi
2021-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Saxa Respublikasi (Yakutiya) hukumati raisi Andrey Tarasenko boshchiligidagi delegaеsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligidagi o‘zaro munosabatlarning istiqbolli sohalari, shu jumladan meva-sabzavotchilik, urug‘chilik, qishloq xo‘jaligida ilm-fan, va ta'lim yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Saxa Respublikasi o‘rtasida O‘zbekistondan Yakutiyaga meva va sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tizimli ravishda yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuvni ishlab chiqish borasida to‘xtamga keldilar.
Rossiya tomoni o‘zbek meva-sabzavotlarini uzoq muddatli asosda import qilishga tayyorligini bildirdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi