O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi
2021-05-28 | Siyosat
2021-yil 27-may kuni O‘zkomnazorat, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan yuklatilgan vazifalarning ijro holati tahlil qilindi.
Farmon bilan belgilangan loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining mas’ullari tomonidan vazifa va topshiriqlarning ijro holati hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Loyihalarning ijro holati yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilinib, ularni amalga oshirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, muhim vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish so‘ngida O‘zkomnazorat mutaxassislari tomonidan Xalq ta’limi vazirligi mas’ullariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.