O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Xalifa Bin Zoid Ol Naxayon jamg‘armasining texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

2021-05-28 | Iqtisodiyot

Nukus shahrida Birlashgan Arab Amirliklari xayriya jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobiga zamonaviy ona va bola shifoxonasi barpo etiladi.

26-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga BAA Xalifa bin Bin Zoid Ol Naxayon nomidagi xayriya jamg‘armasining texnik ko‘magini jalb etish bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
 
O‘zbekiston tomonidan bitimni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.Vafaev va BAA tomonidan moliya vazirining o‘rinbosari Yunis Hoji Al-Xuriy imzoladi.
 
Loyihaning umumiy qiymati 27 mln dollarni tashkil etadi va moliyalashtirishi to‘liq Xalifa bin Bin Zoid Ol Naxayon jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
 
100 bemorga mo‘ljallangan hamda dizayn va texnik jihozlari bo‘yicha hududda yagona bo‘lgan yangi shifoxonada to‘g‘ruqoldi va tug‘ruq bo‘limlari, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun palatalar, onalar va bolalar intensiv terapiyasi bo‘limlari, jarrohlik bo‘limi, shifoxona, ambulatoriya va maslahat diagnostika bo‘limlari hamda laboratoriyalarga ega bo‘ladi.
 
Hozirgi vaqtda ob'ektda qurilish ishlari boshlangan. 2022-yil yakuniga qadar uning to‘liq qurib bitkazilishi kutilmoqda. Eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi tibbiyot maskani Orolbo‘yi mintaqasi aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va xususiy tashkilotlari hamda investitsiya jamg‘armalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni diversifikasiya qilish va chuqurlashtirishni davom ettirmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться