O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shvetsiyaning favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv o‘tkazildi
2021-05-26 | Siyosat
So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ketma-ket amalga oshirilayotgan “Mehr” operatsiyalari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z Ona vatanimizga qaytarilganligi xalqimizga xos bag‘rikenglik namunasidir.
Aytish lozimki, 2019-yildan buyon Suriya, Iroq va Afg‘oniston davlatlaridan shu kabi 531 ayol va bolalar yurtimizga qaytarildi. Ularning 381 nafari voyaga yetmagan bolalarni tashkil etadi. Ularga davlatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Joriy yilning 26-may kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova hamda Shvesiyaning favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman o‘rtasida mazkur masalalarga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi