O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy palatada Germaniyaning eng so‘nggi ishlanmalari muhokama etildi

2021-05-26 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasida Germaniyaning «Vogt Medical» kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. Unda, xususan, mamlakatimizda innovatsion raqamli rentgen tizimini joriy etish imkoniyatlari muhokama etildi.

Mazkur tuzilma matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Milliy palata raisi Rovshan Izamov bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi yurtdoshlarimizga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning sifatini doimiy ravishda oshirib borish uchun eng ilg‘or uslublarni o‘zlashtirishni maqsad qilganligini bildirdi.

O‘z o‘rnida Germaniya kompaniyasi asoschisi va uning bosh direktori Mixail Fogt O‘zbekistonning muttasil rivojlanib borayotgan sog‘liqni saqlash tizimi eng ilg‘or muallif-kompaniyalar va so‘nggi avlod texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilarda katta qiziqish uyg‘otayotganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar eng avvalo, innovatsion tibbiy uskunalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalana oladigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi to‘g‘risida bir fikrga keldilar. R. Izamov tashabbusi bilan tomonlar skrining bo‘yicha dastlabki loyiha imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu esa O‘zbekistonning hududlaridagi shifokorlariga innovatsion nemis uskunasini o‘zlashtirib olish, uning ish rejimidagi natijalarini tahlil etish imkonini beradi.  

Germaniya tomoniga Milliy palataning mamlakatimizning har bir viloyatidagi hududiy bo‘linmalari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, loyihani ishga tushirish uchun sharoitlar mavjud ekanligi haqida ma’lumot berildi.

Manba: O'zA

Поделиться