O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Toshkent Besh tashabbus harakati" festivali yakunlandi

2021-05-26 | Jamiyat

Poytaxtimizda besh kun davom etgan “Toshkent Besh tashabbus harakati" festivali 60 ming nafar iste'dodli va tashabbuskor yoshlarni yagona maydonga birlashtirdi.

Ishtirokchilar va mehmonlarning fikriga ko‘ra, ushbu yirik va taassurotlarga boy voqea Yangi O‘zbekiston tarixiga kiradi va mamlakatimizning zamonaviy, ilg‘or fikrlaydigan yoshlari o‘rtasida an'anaga aylanishi shubhasiz.
 
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtimizning markazida 3,8 gektar maydonda uyushtirilgan mazkur tadbir uchun har bir yo‘nalishga mos ravishda yorqin bezaklar va inshootlardan iborat yoshlar shaharchasi qurildi.
 
Anjuman dasturidan madaniy va intellektual hamda sport musobaqalari, media-treninglar, siyosatchilar va vazirlar bilan ochiq muloqotlar, jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuvlar, Tashkent Dance Fest hamda Tashkent Voice Fest raqs va vokal musobaqalari, “Brain Ring” intellektual musobaqalari, Street Art san'at tanlovlari, konsert dasturlari va boshqalar o‘rin oldi.
 
Shuningdek, tadbirning oxirgi kunida eng yaxshi 5 ta volontyorlik guruhlarining taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi. Festival' davomida jami 11 ta ko‘ngillilar guruhiga noutbuklar sovg‘a qilindi. Ulardan biri – “Psychologists Volunteer in Uzbekistan” guruhining a'zosi Nazokat Yunusova o‘zining loyihasi haqida so‘zlab berdi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filialining yuzga yaqin talabasi diagnostika va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik yordam ko‘rsatish uchun birlashishdi.
 
Tadbirning so‘nggi kunida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev yana bir bor tadbir qatnashchilari bilan uchrashib, tajriba yetishmasligiga qaramay, yosh mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash tarafdori ekanligini ta'kidladi.
Hokim shahardagi teatrlar, maydonlar, istirohat bog‘lari, madaniyat saroylarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, yoshlar, AKT mutaxassislari uchun imkoniyatlar yaratish, jumladan, kovorking markazlarini ochish masalalari xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
J.Ortiqxo‘jaev rasmiylar hukumat binolarida o‘tirmasligi kerakligini ta'kidladi. “To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarning ichida o‘tirishni xohlayapman. U yoshlar, umuman, hammaning kirib-chiqishi oson joy bo‘lishi kerak”, – dedi shahar hokimi.
 
Shuningdek, tadbirda Brain Ring intellektual o‘yinlari va kibersportchilar uchun Tashkent Cyber Cup-2021 musobaqasining yakunlovchi bosqichi bo‘ldi. Taqdirlash marosimi – Awards yorqin va esda qolarli hodisa bo‘ldi. Unda Ayollar netvorkingi haftaligi va “ProjectX” ideatoni g‘oliblari aniqlandi. Spikerlar va ustozlar bilan mashg‘ulotlar, hakamlar hay'ati guvohligidagi loyihalar, taqdimotlar va pitchinglar ishlab chiqildi. Har ikki musobaqada g‘olib jamoalar e'lon qilinib, ular TBC Bank dan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ni olishdi.
 
“Toshkent Besh tashabbus harakati” festivalining tantanali yopilish marosimi didjeylarning musiqiy chiqishlari hamda beqiyos hissiyotlarga boy konsert dasturi bilan yakunlandi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться