O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv
2021-05-26 | Siyosat
2021-yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy so‘zlari va ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi