O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Qoraqalpog‘istondagi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi

2021-05-25 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 24-may kuni kunning ikkinchi yarmida vazir Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda A.Toshqulov Qoraqalpog‘istonda oliy ta'lim muassasalari faoliyati samarali olib borilayotgani, ko‘pgina yo‘nalishlarda yaxshi natijalarga erishilayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi va rektorlar, filiallar direktorlariga bundan da yuqori marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.

Samimiy, ochiq turda o‘tgan muloqot davomida oliy ta'lim tizimida amalga oshiriladigan islohotlar, ayniqsa, tizimda korrupsiya harakatlarini bo‘ldirmaslik va oldini olishga yo‘naltirilgan ishlar, shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan filiallarni bosqichma-bosqich alohida oliy ta'lim muassasalariga aylantirish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.
 
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qoraqalpog‘istondagi oliy ta'lim muassalari rahbarlarining kengashini tashkil etishni taklif qilib, ularning o‘z vazifalarini chin ko‘ngildan ijro etishiga ishonch bildirdi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Jumanov ishtirok etdi.

Manba: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Поделиться