O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrining Rossiya Federatsiyasidagi kompaniyalar bilan hamkorligi muhokama qilindi

2021-05-25 | Iqtisodiyot

24-may kuni, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev «Evrosnab» va MP «Vai Tomal» kompaniyalarining asoschisi Aleksandr Bagiev boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasining biznes-delegatsiyasi bilan uchrashdi.

O‘zbek tarafidan, shuningdek, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdilar.
 
Uchrashuv boshida Jahongir Ortiqxo‘jaev mehmonlarni poytaxt hokimligida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirib, ularning tashrifi yilning qulay mavsumiga to‘g‘ri kelganini ta'kidladi. Bundan so‘ng u poytaxtimizning YaIM, eksport, investitsiyalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida so‘nggi yillardagi ko‘rsatkichlari bilan qisqacha tanishtirib, poytaxtimizda, umuman, mamlakatda investision muhit yildan yilga yaxshilanib kelayotganini ta'kidladi.
 
Rossiya biznes-delegatsiyasining rahbari Aleksandr Bagiev iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, Toshkent yildan yilga rivojlanib, chiroy ochib borayotganini hamda uning o‘zida va delegatsiyaning boshqa a'zolarida poytaxtimizning Olmazor tumanida qurilgan G‘alaba Bog‘i katta taassurot qoldirganini ta'kidladi.
 
Bundan so‘ng u oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun texnologiyalar yetkazib beruvchi «Evrosnab» kompaniyasi haqida ma'lumot berib, u 2002-yilda tashkil etilganligini, hozirda sakkizta mamlakatda o‘z filiallariga va 500 dan ortiq xodimlarga egaligini aytib o‘tdi.
 
Bundan so‘ng Rossiya delegatsiyasining har bir vakili o‘z kompaniyalari haqida qisqacha ma'lumot berib, ularning faoliyat doirasida hamkorlikni taklif qildi. Xususan, telekommunikasiya, ta'lim va tibbiyot startaplarini tashkil qilish, reklama, turizm, oziq-ovqat bozorini tadqiq qilish, o‘zbek meva va sabzavotlarini yetishtirish va Yevropa mamlakatlariga eksport qilish, shaharlar va mamlakatlar brendini jahon bozorida targ‘ib qilish, elektron komponentlarni yetkazib berish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, rangli va qimmatbaho metallarni qayta ishlash, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik uchun yechimlarni jalb qilish hamda banklarda, savdo nuqtlarida, metropolitenda va boshqa joylarda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun yechimlarni ishlab chiqish borasida takliflar bildirildi.
 
Shahar va umuman mamlakat bo‘ylab infratuzilmaning yong‘in xavfsizligi tizimini standartlashtirish sohasida ishlarni tashkil qilish va shaharda reklamani joylashtirish uchun kod-dizayn ishlab chiqishga doir takliflar o‘zbek tarafida alohida qiziqish uyg‘otdi.
 
Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirib, kelgusi hamkorlik uchun taqdimotlar, yo‘l xaritalari va loyihalar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться