O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda o‘zbek-afg‘on ishbilarmonlari biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

2021-05-25 | Iqtisodiyot

Termiz shahrida O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlari biznes forumi, Hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda.

Biznes forum doirasida muhtasham San’at saroyining so‘lim bog‘ida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari, elektrotexnika, farmatsevtika, charm, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik va boshqa ko‘plab turdagi tayyor mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari namoyish etilayotir.  

Bugun kunning birinchi yarmida biznes forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda davlatlarimiz vakillarining o‘zaro hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, O‘zbekistonda afg‘on sarmoyadorlari uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar xususida fikr almashiladi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, “O‘zto‘qimachiliksanoati”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zeltexsanoat” uyushmalari va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar taqdimotlari o‘tkaziladi.

O‘zbek va afg‘on ishbilarmonlari biznes-forumning o‘zaro munosabatlarimizda keng ko‘lamli va samarali sheriklik hamda kooperatsiya aloqalarimizni yangi bosqichda kengaytirishiga alohida e’tibor qaratmoqda. 

-Qadimdan ajdodlarimiz bir daryoning ikki qirg‘og‘ida yaqin qo‘shni, o‘zaro do‘st, ishonchli sirdosh bo‘lib yashab kelgan,¬ deydi Mozori Sharif shahridagi “Afghan darman LTD” kompaniyasi direktori Bozmuhammad Paykon.¬ Keyingi yillarda o‘tmishdagi ajdodlarimizning ana shu fazilatlari yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatayotganidan xursandmiz. O‘zbekistonning Afg‘on diyorida tinchlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan say’-harakatlarini juda qadrlaymiz. Uch yildan buyon xalqimizga O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sifatli, arzon va samarador dori-darmonlarni yetkazib berayapmiz. Bu tadbirga ana shu aloqalarimizni kengaytirib, boshqa sohalarda ham hamkorlik o‘rnatishni maqsad qilib kelganmiz. Shu maqsadda o‘zbek sheriklarimiz bilan yangi yo‘nalishdagi shartnomalar tuzishni rejalashtirayapmiz.  

Tadbir doirasida ikki mamlakat tadbirkorlarining V2V, G2B shaklidagi uchrashuvlarini o‘tkazish, ishbilarmonlarning ikki tomonlama ko‘plab manfaatli shartnomalar imzolashi ko‘zda tutilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться