O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi tayinlandi
2021-05-25 | Siyosat
Anvar Abduhalimov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda
Anvar Abduhalimov 58 yoshda. Toshkentda tug‘ilgan. 1986-yilda Toshkent davlat universiteti (hozir - O‘zbekiston Milliy universiteti) ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Xorijda tarjimon bo‘lib ishlagan, o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan, Mehnat vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.
U 1999-yildan boshlab Tashqi ishlar vazirligi Markaziy apparatida va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda mehnat qilgan. A.Abdurahimov 2018-2021-yillarda O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchisi lavozimida ishlagan. Anvar Abduhalimov O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasiga maslahatchi etib tayinlangan Rahmatilla Nazarovning o‘rnini egalladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi