O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Antaliyadagi faxriy konsuli tayinlandi
2021-05-24 | Siyosat
Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekistonning Antaliya provinsiyasidagi faxriy konsuli Barish Gyokchega ekzekvatura va akkreditatsiya guvohnomasini rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Maʼlumki, ko‘plab davlatlar faxriy konsullik institutidan nafaqat fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki investitsiyalarni jalb etish, savdo aloqalarini kengaytirish, madaniy-gumanitar salohiyatni yuksaltirish va sayyohlar hajmini oshirish uchun samarali foydalanmoqda. Bundan tashqari, faxriy konsul ko‘plab tashkiliy va protokol masalalarini hal qiladi, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog‘liq vakillik funksiyalarini bajaradi.
Marosimda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev, Antaliya provinsiyasi rahbari o‘rinbosari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillari ishtirok etdi.
Faxriy konsul bilan O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini rag‘batlantirish, respublikaga Turkiya sarmoyalarini jalb etish, ichki mahsulotlarni Antaliya va Turkiya bozorlariga eksport qilishni rag‘batlantirish, madaniy-gumanitar va boshqa aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yil iyun oyi oxirida Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan Anadolu diplomatik forumini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi
Investitsiyalarni jalb etish va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish o‘yicha o‘zaro yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi