O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biotexnologiyalar sohasida uchta startap loyiha moliyalashtiriladi

2021-05-24 | Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbarining «Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida biotexnologiyalar sohasidagi startaplarni moliyalashtirish nazarda tutilgan.

Qaror ijrosi bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligida Startap loyihalarni o‘rganish bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.  

Vazirlik mutaxassislari va Kengash a’zolari tomonidan startap loyihalar tanloviga kelgan loyihalarning mahsulotga qaratilgani o‘rganildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar e’tiborga olinib, loyihalardan 3 tasi moliyalashtirishga tavsiya etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 2 485,8 million so‘mni tashkil etadi.

Yig‘ilishda vazirlik hay’ati mazkur loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qaror chiqardi. Ulardan biri 485,8 million so‘m qiymatidagi “Farg‘ona vodiysi sharoitida tok, mevali daraxtlar va sabzavot o‘simliklarining yirik genetik resurslarini tirik holda saqlash, iqlimlashtirish hamda biotexnologiya asosida yetishtirish va ko‘paytirishning intensiv agrotexnologiyalarini yaratish” loyihasidir. Ushbu loyiha doirasida 400 dan ortiq meva-sabzavot va uzum navlarining istiqbolli navlarini yaratish va iqlimlashtirish ko‘zda tutilgan.

500 million so‘m qiymatidagi “Qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun pasterellyoz, salmonellyoz va kolibakteriozga qarshi vaksinalar” startap loyihasi vaksinalarni bioreaktorda sanoat hajmida chiqarish imkonini beradi. Talabga qarab bir yilda 100 litrgacha vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

1500 million so‘mlik “Sorgo va soriz (guruch va marjumakning o‘rindoshi) mahsulotlarini yetishtirishning intensiv texnologiyasi” startap loyihasi dunyoda keng tarqalgan. Lekin yurtimizda mavjud bo‘lmagan boshoqli ekinlarni yetishtirishga qaratilgan. Bu o‘simliklarni tuproq unumdorligi past maydonlarda ham ekish mumkin, ko‘p suv talab qilmasligi ham muhim ahamiyatga ega. Donidan aholi uchun oziq-ovqat sifatida foydalanilsa, poyasi, barglari chorvachilik mollari uchun yem sifatida ishlatiladi.

Moliyalashtirilayotgan loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi qishloq xo‘jaligi sohasida uchrayotgan muammolarga barham berib, iqtisodiy barqarorlikka erishishga xizmat qiladi.  

Manba: O'zA

Поделиться