O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Polsha vakillari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi

2021-05-24 | Siyosat

O‘zbekistonning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislaridan iborat delegatsiya 17-23-may kunlari Polshada amaliy safar bilan bo‘ldi

Amaliy safar O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tomonidan Polsha chegara xizmati Bosh komendantligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining «Aʼzo davlatlar va uchinchi davlatlar bilan identifikatsiya va qaytish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash» EURLO loyihasi doirasida tashkil etildi.

Safardan ko‘zlangan maqsad ikki mamlakatning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xizmatlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. 

Uchrashuvlarda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda chegara va migratsiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlash hamda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Polsha tomoni noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, shuningdek, noqonuniy muhojirlarni aniqlash va o‘z mamlakatiga qaytarish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Pshemisl shahridagi xorijliklar vaqtincha saqlash markazida bo‘ldi. Markaz infratuzilmasi va vazifalari, xizmatni tashkil etish, shuningdek, chet el fuqarolari masalalarda vakolatli chegara xizmati va davlat organlari hamda boshqa idoralar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari bilan tanishildi. Polsha va Yevropada migratsiya bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, chet elliklarni aniqlash uchun ishlatiladigan innovatsion usullar va vositalar muhokama qilindi.

«Polsha va O‘zbekiston chegara xizmatlari o‘rtasida hamda FRONTEX va EURLO bilan faol va samarali ishlar davom etmoqda, - dedi general Robert Rogoz. - O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida chegara xizmatlari va bo‘linmalar tuzilmasi to‘liq yangilandi. Mamlakat chegara qo‘shinlari va chegara tuzilmalari xalqaro tajriba to‘plab, qo‘shni va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Hafta davomida mamlakatlarimizning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash sohasidagi xizmatlari vakillari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqdi».

Eʼtiborli jihati, ushbu tashrif 1991-yil 16-mayda tashkil etilgan Polsha chegara xizmatining 30 yilligi arafasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari polshalik hamkasblarini ushbu muhim sana bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Polshaga tashrifi samarali bo‘ldi. Uning yakunlari bo‘yicha noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat vakolatli organlari vakillarining turli darajadagi uchrashuvlarini muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться