O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev joriy haftada ham global sammitda ishtirok etadi

2021-05-24 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishadi, shuningdek, “O‘zagrohimoya” jamiyati tizimini isloh qilishga doir yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov 24-may kuni bo‘lib o‘tgan an’anaviy brifingda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Prezident ishtirokida bu hafta hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, hafta oxirida barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.

– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tadigan 2030-yilga qadar «yashil» taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zlaydi, – dedi Sherzod Asadov.

Prezident matbuot kotibi rejalashtirilgan tadbirlar jadvalida o‘zgarish bo‘lsa, ularning tafsilotlari bo‘yicha keyingi brifingda albatta xabar berilishini ma’lum qildi.

Manba: O'zA

Поделиться