O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ruminiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-05-24 | Siyosat
2021-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ruminiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Daniel Kristian Chobanuni qabul qildi.
Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir Elchini O‘zbekistonda ish boshlagani bilan tabriklab, yuksak va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida unga muvaffaqiyatlar tiladi. Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston - Ruminiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmlarini ko‘paytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi