O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo viloyatida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi muhokama qilindi
2021-05-24 | Siyosat
2021-yil 20-may kuni Surxondaryo hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
2021-yil 20-may kuni Surxondaryo hokimligida O‘zkomnazorat boshlig‘ining o‘rinbosari D.Rustamov Surxondaryo viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Mamanov bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori va “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning “qizil” va “sariq” ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosi bo‘yicha bajarilgan va bajarilishi belgilangan vazifalarni o‘zora muhokama qildilar.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, tumanlarning reyting ko‘satkichlarini ko‘tarish, farmon va qarorlarning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish masalalari bo‘yicha fikr almashilib, Surxondaryo viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishi to‘g‘risida masalalarni birgalikda amalga kiritilishi kelishib olindi.
Shuningdek, 21-may kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filialida O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Rustamov ishtirokida viloyatdagi soha korxonalarining rahbar va masʼul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov, O‘zkomnazoratning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i X.Shonazarov, “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali texnik direktori S.Sidnenko, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filiali direktori Q.Hamrayev hamda soha korxona tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishning davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligining kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5326-son Farmoni bilan soha tashkilotlariga yuklatilgan vazifalarning ijro holati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori, hamda telekommunikatsiya va pochta aloqasi obyektlari infratuzilmasi holatini o‘rganish va ijtimoiy soha obyektlarini telekommunikatsiya tarmog‘i bilan taʼminlash yuzasidan “mahallabay” olib borilgan ishlarning monitoring va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov hamda O‘zkomnazoratning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i X.Shonazarov tomonidan raqamli telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish, hududda mobil internet xizmatlarini sifatini oshirish maqsadida tayanch stansiyalariga optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlarini bajarilishi holati va “qizil” hudud deb topilgan tumanlarda kompleks o‘rganish tashkil etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “yo‘l xarita”sining ijro holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali tomonidan PF-6079-son Farmon bilan yuklatilgan vazifalarda belgilangan hududlarni telekommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash va oxirlovchi qurilmalarni o‘rnatishni yakunlash, shuningdek Wi-Fi zonalarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.
O‘zkomnazoratning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan olib borilgan “mahallabay” o‘rganishlar jarayonida pochta aloqasi obyektlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori belgilangan vazifalarni sifatli bajarish, xususan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun pochta aloqasi obyektlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yana-da jadallashtirish yuzasidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filiali mutasaddilariga tavsiyalar berilib, asosiy vazifalar belgilab olindi.