O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Ukrainaga bordi

2021-05-24 | Sog‘liqni saqlash

Vazir Murod Qurbonov boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi  amaliy safar bilan Ukrainaga bordi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safar davomida  Qoraqalpoog‘iston delegatsiyasya  ushbu mamlakatning eng yaxshi amaliyotlarini va Orolbo‘yidagi salomatlik holatini yaxshilash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Shuningdek,  Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashko va mamlakatning asosiy tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashuvda Ukrainaning O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istagi alohida taʼkidlandi. Amaliy tibbiyot, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, tibbiy turizm sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Delegatsiya aʼzolari amaliy safar davomida «Yetakchi ko‘p tarmoqli sog‘liqni saqlash muassasalarida pediatriya xizmatlarini tashkil etishning dolzarb masalalari» mavzusidagi, 1-Ukraina tibbiyot kongressida ishtirok etdi. Unda onalik va bolalikni himoya qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar 18-may kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensiya davomida sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan belgilab berilgan keyingi o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

Kongress doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining “Oxmatdit” Milliy bolalar ixtisoslashtirilgan shifoxonalari o‘rtasida «Tibbiyot amaliyoti, taʼlim va fan sohasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risida» memorandum  imzolandi.

Mamlakatning yetakchi klinikalariga tashriflar davomida kardiologiya, neonatologiya, onkologiya, transplantologiya va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi P. Shupik nomidagi Milliy universitetida o‘tkazilgan uchrashuv davomida, tibbiyot muassasalari uchun kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlash kerakki, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti mazkur universitet bilan ilgari imzolangan Memorandum asosida hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Universitet rektori Yuriy Voronenko bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilib,  bu boradagi hamkorlikni davom ettirish zarurligi tasdiqlandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться