O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zDJTSUda sportimiz yulduzlari hamda uyushmagan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

2021-05-24 | Sport

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yil 13-aprel kuni yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. 

Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportimiz yulduzlari hamda uyushmagan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Terma jamoalar markazi rahbari Azizbek Haydarov, "Qizilqum" klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Javlon Anorov, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi sohibi Shaxboz Xolmirzayev, Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Mirhosil Mirzaboyev hamda Chirchiq shahri "Ishonch" mahallasi faollari va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, unda avvalo mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar, sport musobaqalari haqida suhbatlashildi. O‘z navbatida, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan sportchilarga murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться