O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatanning sodiq posbonlari xizmatga shay

2021-05-24 | Xavfsizlik sohasi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Sirtqi ta'lim fakulteti tinglovchilarining bitiruv tadbiri bo'lib o'tdi.

Bundan uch yil muqaddam davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Sirtqi ta'lim fakulteti tashkil etilgan edi. Mazkur qaror asosida sirtqi ta'lim yo'nalishiga ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega, xizmatda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan oliy hamda o'rta maxsus ma'lumotli xodimlarni to'rt va uch yillik ta'lim dasturlari asosida o'qitish belgilandi. 

Aytish joizki, 2018/19-o'quv yilida fakul`tetga oliy ma'lumotga ega 101 nafar nomzod qabul qilindi. Ta'lim jarayonida tinglovchilar sohaga oid nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni egallab, jangovar qobiliyatlari hamda kasbiy fazilatlarini yuksaltirib bordilar. Mashg'ulotlar malakali professor-o'qituvchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning katta amaliy tajribaga ega mutaxassislari tomonidan ilg'or pedagogik yondashuvlar asosida amalga oshirildi. Interfaol usullar, ayniqsa masofaviy o'qitish tizimlarining samarali tatbiq etilgani ta'lim samaradorligini zamon talablari darajasida yo'lga qo'yish imkonini berdi.  

Tadbirda bitiruvchilarga “Jinoyatlarning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo'yicha “yurist” malakasini beruvchi diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig'i, polkovnik Rustam Xatamov nutq so'zlab, jumladan, shunday dedi: 

–   Bugungi murakkab davr o'z faoliyatimizni tanqidiy baholab, islohotlarga mos qadam tashlashni talab qilmoqda. Mamlakatimiz ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar sohani xalqchil tuzilmaga aylantirishda muhim poydevor bo'lmoqda.  Bitiruvchilarimiz zimmalaridagi mas'uliyatni chuqur anglangan holda o'z bilim va ko'nikmalarini huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga safarbar etishlari lozim.

Tadbirda bitiruvchilar nomidan so'zga chiqqanlar ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish yuksak sharafli burch ekanligi, Akademiyada olgan nazariy bilim va ko'nikmalari kelgusidagi faoliyatni samarali tashkil etishda munosib poydevor bo'lishini e'tirof etdilar.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться