O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon chempionatining tantanali ochilishi
2021-05-24 | Sport
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi hamda mamlakatimiz og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, og‘ir atletikaga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida atletlarimiz Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, qit’amiz hamda jahon chempionatlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini yanada yuksaltirayotganini ta’kidladi.Shuningdek, mamlakatimizda musobaqalarni o‘tkazishda davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.
Ochilish marosimi munosabati bilan tashkil etilgan madaniy tadbir ishtirokchi va mehmonlarga zavq bag‘ishladi.
Eslatib o‘tamiz: jahon chempionatida 13 nafar atletimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Quyida terma jamoamiz tarkibi bilan tanishasiz:
Yigitlar:
-55 kg: Husinboy Matrasulov
-61 kg: Og‘abek Nafasov
-81 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-81 kg: Hojiakbar Olimov
-89 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Valijon Sharipov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Mirhosil Mirzaboyev
Qizlar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-59 kg: Mashhura Rustamova
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-71 kg: Madinabonu Jo‘rayeva
-76 kg: Tursunoy Jabborova
Manba: O'zA