O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Norvegiya TIV Davlat kotibi bilan muzokaralar to‘g‘risida
2021-05-21 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Audun Halvorsen bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Norvegiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi. Siyosiy va parlamentlararo muloqotni, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘onistondagi vaziyatni baholash va ushbu mamlakat muammosini hal qilishdagi ikki mamlakatning yondashuvlari bir-biriga to‘liq mos tushishi qayd etildi. Bu Oslo va Toshkent o‘rtasidagi ushbu yo‘nalishdagi samarali hamkorlikka zamin yaratadi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston va Norvegiya o‘zaro munosabatlarining ayrim masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Davlat kotibi o‘zbek tomonini BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi