O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Belarus adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

2021-05-21 | Siyosat

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Huquq bilan vaksinatsiya» Peterburg xalqaro yuridik forumi doirasida Belarus adliya vaziri Oleg Slijevskiy bilan uchrashdi

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.  

Hamkorlik kelishuvining asosiy maqsadi – o‘zaro manfaat, tenglik va samimiylik asosida huquq sohasida o‘zaro hamkorlik qilish hamda bu boradagi institutsional munosabatlarni yaratishdan iborat.  

Kelishuvga ko‘ra, elektron adliyani rivojlantirish, jumladan, adliya muassasalarini axborotlashtirish, advokatura va notarial faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish, yuridik xizmatlar taqdim etish tizimini tashkil qilish va rivojlantirish, mediatsiya institutini rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohalarida o‘zaro hamkorlik amalga oshiriladi.  

Imzolangan hujjat ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida huquq sohasida samarali hamkorlik qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Adliya vazirligi delegatsiyasining «Huquq bilan vaksinatsiya» Peterburg xalqaro yuridik forumidagi ishtiroki davom etmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться