O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

PricewaterhouseCoopers kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar

2021-05-21 | Iqtisodiyot

19-20-may kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligida vazirning birinchi orinbosari Ilhom Norqulov va vazirlikning boshqa vakillarining PwC hamkori Mixail Magrilov boshchiligidagi PricewaterhouseCoopers (PwC) delegatsiyasi bilan Toshkent viloyatini rivojlantirish strategiyasi va ijtimoiy himoya sohasi yo‘nalishlari tartibi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda Rossiyaning PwC infratuzilmasi va loyihasini moliyalashtirish boyicha direktori, amaliyot rahbari Sergey Luzan, boshqaruvchi hamkor, PwCning Ozbekistondagi biznes-konsultatsiya amaliyoti rahbari Abdulhamid Mominov va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun: PricewaterhouseCoopers International Limited kompaniyasi konsalting va audit sohasidagi xalqaro kompaniyalar tarmogi bolib, ularning har biri mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Brend 160 yildan ortiq vaqt mobaynida mavjud bolib, tortta auditorlik kompaniyasining bir qismi hisoblanadi.

Tomonlar atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv, mehnat unumdorligini oshirish, ishsizlik darajasini pasaytirish va yashirin iqtisodiyot masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, yangi loyiha “Toshkent viloyati YaHM ning osishi” korib chiqildi, uning asosiy maqsadi mintaqaning iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.

U mintaqaning iqtisodiyotini xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiya qilish, kichik va orta biznesni rivojlantirish, ish bilan bandlik va mehnat unumdorligi osishini ta’minlash, "yashirin iqtisodiyot" ulushini kamaytirish va byudjetga soliq tushumini oshirish, mahalliy va xalqaro bozorlarda (shu jumladan DXSh) investitsiyalarni jalb qilish, transport va transplantatsiya infratuzilmasini takomillashtirish kabi vazifalarni oz ichiga oladi.

Uchrashuv davomida tomonlar ijtimoiy himoya sohasida mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari va ularning to‘lanish tartibi hamda asosiy yo‘nalishlarining modellari bilan tanishib o‘tdilar. Shu bilan birga ushbu dastur orqali ko‘zda tutilgan istiqbollar va natijalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi istiqbollari belgilab olindi va tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться