O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orol dengizining qurigan tubini o‘rmonzorlashtirish: amaliy ishlar va aniq natijalar

2021-05-21 | Ekologiya

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ilmiy-axborot markazi va Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi bilan birgalikda videokonferensiya shaklida “Orol dengizining qurigan tubini o‘rmonzorlashtirish bo‘yicha monitoring natijalari va kelgusidagi chora-tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarning maqsadi BMTTD va YuNESKO ko‘magida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi (IXKShTJ)ning “Qishloq joylarining barqaror rivojlashini rag‘batlantirish yo‘li bilan Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal etish” loyihasi doirasida Orol dengizi qurigan tubining monitoringi natijalarini amalda qo‘llash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
 
Qurigan hududning holati va o‘lchamlari, uning landshafti, tuproqlari, gidrogeologik sharoitlari, fauna va florasi tasnifini o‘z ichiga olgan tabiiy sharoitlardagi o‘zgarishlar dinamikasini har tomonlama baholashning ahamiyati qayd etildi. O‘rmonlar ekish uchun 1500ta maydon va 30dan ortiq o‘simliklar turlari belgilandi. O‘tgan 4 yil mobaynida Orol dengizi qurigan tubining 1,7 mln gektar maydonida o‘rmon ekish ishlari amalga oshirildi.
 
Ushbu maqsadlarda Trast jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hududga maxsus texnika – ekskavatorlar, buldozerlar, yuk mashinalari yetkazildi, shuningdek, Taxtako‘pir tumanidagi davlat o‘rmon xo‘jaligining moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Natijada pitomnik maydoni 12 gektardan 50 gektargacha, o‘rmon plantasiyalari hajmi - 2200 gektardan 5000 gektargacha, cho‘l o‘simliklari urug‘larini tayyorlash 8 tonnadan 65 tonnagacha ko‘paytirildi.
 
Bundan tashqari, loyihalar doirasida Taxtako‘pir tumanining 5ta chekka mahallasi – “Beltau”, “Tazakonis”, “Mulk”, “Marjonko‘l” va “Janadaryo” shaharlarining 3,5 ming nafar aholisi zamonaviy suv tozalash stansiyasini to‘liq rekonstruksiya qilish va ishga tushirish, 2 suvni chuchuklashtiruvchi tizim va 16,6 km suv o‘tkazish tarmoqlarini o‘rnatish hamda 6 xususiy korxonalarni yaratish hisobiga toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
 
Bu chora-tadbirlar Orol dengizining qurigan tubidan chang-tuzlarning atrofdagi hududlarga shamol bilan uchirilishini sezilarli darajada kamaytiradi, biologik xilma-xillikni saqlab qoladi hamda Orolbo‘yi mintaqasida o‘rmonchilikni rivojlantirish va o‘rmon maydonlarining ko‘payishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil va keng qamrovli ishlar davlat va xalqaro tashkilotlarning bu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarini birlashtiruvchi yagona platforma hisoblangan IXKShTJning strategik maqsadlaridan biridir.
 
Seminar yakunida ishtirokchilar Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishda IXKShTJning muhim rolini qayd etib, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarni muhokama qildilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться