O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi faoliyatini faollashtirish masalalari muhokama qilindi
2021-05-21 | Ekologiya
Mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi ofisi ijrochi koordinatori Jenifer Toping bilan uchrashuv o‘tkazdi
Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad trast jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ jalb etish va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini kengaytirish bo‘yicha harakat rejalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Jenifer Toping BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish haqidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinganini olqishladi.
Uchrashuv chog‘ida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasining bugungi faoliyati, donor tashkilotlar bilan moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi amaliy tadbirlar belgilab olindi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi