O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyati Shovot tumanini raqamli rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ijrosi tahlil qilindi
2021-05-21 | Siyosat
2021-yil 20-may kuni Xorazm viloyati Shovot tumani hokimligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
Joriy yilning 20-may kuni Xorazm viloyati Shovot tumani hokimligida, tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi A.Djumaniyazov, “O‘zkomnazorat”ning Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i Z.Radjapov va tuman hokimligi mas’ul xodimi ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti tinglandi va har bir bandlar ijrosi tahlil qilindi, shu bilan birga bajarilishi kechikayotgan bandlar bo‘yicha qilishinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Muhokama jarayonida “Yo‘l xaritasi”da muddatida bajarilmagan bandlar kechikish sabablari tahlil qilindi va bajarilishi bo‘yicha mas’ul korxona hamda tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda “Shahar va tumanlarni raqamli rivojlanish darajasini reytingli baholash natijalari”ga ko‘ra Shovot tumani qizil ro‘yxatga kiritilganligi sababli, reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalasi ham muhokama qilinib, asosiy yo‘nalish va vazifalar belgilab olindi.