O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Raqamli O‘zbeksiton-2030” strategiyasini amalga oshirishdagi vazifalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashida muhokama qilindi

2021-05-21 | Siyosat

2021-yil 20-may kuni Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.

2021-yil 20-may kun O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirishdagi vazifalar viloyat kengashi deputatlari va partiya a’zolari ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Partiya faollari hozirgi axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot va bilimlar taraqqiyotning strategik omiliga aylangan bir davrda mamlakat rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga joriy etilishi bilan bog‘liqligini e’tirof etib, ushbu yo‘nalishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, tadbir davomida Farmon bilan tasdiqlangan strategiya, dastur, yo‘l xaritalari va ularda belgilangan vazifa hamda topshiriqlarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash masalalari bir qator vazirlik, tashkilotlarning tegishli mutasaddilari, soha vakillari, jamoatchilik va ijro organlari bilan maslahatlashuv shaklida muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться