O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qadam tashla — pul ishla! “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi haqida tushuntirish berildi
2021-05-21 | Sog‘liqni saqlash
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida markaz xodimlari ishtirokida navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 253-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Taʼkidlanishicha, “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi 2021-yil 1-iyundan boshlab ishga tushiriladi va toʻlovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur platformani mobil ilovasini yaratishdan maqsad, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish orqali tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi ilova sifatida ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston hududida bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarning mobil ilovasidagi elektron hamyoniga 3 ming soʻmdan pul mablagʻini kelib tushadi.
Qolaversa, har oyda:
“Sogʻlom turmush tarzi platformasi” haqida maʼlumotlar bilan 1hls.uz veb-saytiga kirgan holda tanishib chiqish mumkin.
Mobil ilovani esa, mobil qurilmani operatsion tizimiga koʻra, “Play market“ va ”App store”mobil ilovalar onlayn doʻkonidan bepul yuklab olish mumkin.
“Sogʻlom turmush tarzi platformasi”ni mobil ilovasini qurilmaga yuklab olgandan soʻng, undan roʻyxatdan oʻtish jarayonini amalga oshirish shart boʻladi. Bunda fuqarolik pasporti orqali “id.egov.uz” yagona identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi va mazkur mobil ilovamizda elektron hamyon ochiladi. Shundan soʻng, mobil ilovadan qadamlarini koʻrib boriladi.
Shuningdek, ushbu hujjat bilan Idoralararo baholash reytingi quyidagi mezonlar boʻyicha 100 ballik tizimda amalga oshiriladi:
Bundan tashqari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlari hamda ularning yurish va natijalari 100 ballik reyting tizimi asosida quyidagicha baholanadi:
Ushbu tadbirlar ishtirok etadigan shaxslarni, yaʼnigʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi ham ushbu hujjat bilan belgilab berilgan.
Unga koʻra, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlari hamda ularning yurish natijalari va yakuniy reyting baholari Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yarim yillik yakunida reyting ballari natijalari boʻyicha “namunali” deb topilgan davlat organlari (tashkilotlar) rahbarlarini ragʻbatlantirish (esdalik sovgʻalari, diplom va boshqalar) Turizm va sport vazirligining hamda hududiy tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish (esdalik sovgʻalari, diplom va boshqalar) hududiy ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Mashgʻulot yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzuiga oid berilgan savollar boʻyicha tushuntirishlar berildi va ishtirokchilar oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.
Manba: «Yangi O"zbekiston»