O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyat hokimining qarori ham elektron tizim orqali qabul qilindi

2021-05-21 | Texnologiyalar

Navoiy viloyatida hokimlar qarorlarini qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirishni nazarda tutuvchi «E-qaror» elektron tizimi ishga tushirilib, u orqali viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Hududda mazkur yo‘nalishdagi ishlar adliya vazirligi ishchi guruhi ko‘magida belgilangan tartibda shakllantirilib, viloyat tashkilotlarining soha bo‘yicha tegishli mas'ullari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri «E-qaror» elektron tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

«E-qaror» elektron tizimini respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvining shaffoflashishiga, ortiqcha vaqt sarflanishining, qog‘ozbozlikning oldini olishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Navoiy vidloyat hokimligi matbuot xizmati.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться