O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zkomnazoratning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi

2021-05-21 | Siyosat

2021-yil 20-may kuni O‘zkomnazoratning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi Mirobod tumani hokimligida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.

2021-yil 20-may kuni Mirobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son Qaroriga muvofiq, shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmasining integratsiyalashgan axborot muxitini yaratish maqsadida tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi va “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning “qizil” va “sariq” ro‘yxatdan joy olgan tumanlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”siga asosan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganishda Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi boshlig‘i O.G‘aniyev, Toshkent shahar hokimligi va Mirobod tumani hokimligining mas’ul xodimlari ishtirokida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться