O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi

2021-05-21 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Doniyor Qodirov boshchiligidagi mamlakatimiz huquq-tartibot idoralari delegatsiyasi kecha Seulda Janubiy Koreya Bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Che Nam Gvan bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Koreya Respublikasi prokuraturasi bilan hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli sohalarda hamkorlikni yanada jadallashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilandi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya bosh prokuraturalari o‘rtasida korrupsiya jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha memorandum loyihasi ustida ish boshlash haqida kelishuvga erishildi.

Janubiy Koreya tomoni O‘zbekiston prokuraturasi xodimlari uchun prokuraturalarda stajirovka tashkil etish, shuningdek, huquq-tartibot xodimlari uchun treninglar va mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mamlakatimizga mutaxassislar yuborishga tayyorligini bildirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться