O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyati hokimligida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” loyihalarining ijrosi muhokama qilindi

2021-05-20 | Siyosat

2021-yil 18-may kuni Jizzax viloyat hokimligida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.

2021-yil 18-may kuni Jizzax viloyat hokimligida O‘zkomnazorat boshlig‘i o‘rinbosari D.Rustamov va Jizzax viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori va strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning «qizil» va «sariq» ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosini o‘zaro muhokama qilib olishdi. 

Suhbat davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, hususan, rejalashtirilayotgan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining tumanlarga tashrifi kun tartibiga farmon va qarorlar holatini joylarda muhokama qilish belgilandi.

Shuningdek, viloyatning reyting ko‘satkichlarini ko‘tarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni shaffof tarzda o‘tkazish, saylov uchastkalarida internet va telefon aloqa tarmoqlarini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari kun tartibiga hududlarda Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar holati, ijtimoiy soha ob’ektlarini 2021-yilning 1-iyul kuniga qadar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishi to‘g‘risida masalalarni kiritilishi kelishib olindi.

Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi

Поделиться