O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bilan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasining loyihalari muhokama etildi
2021-05-20 | Siyosat
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, tumanlarning reyting ko‘satkichlarini ko‘tarish, farmon va qarorlarning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
2021-yil 19-may kuni Samarqand hokimligida O‘zkomnazorat boshlig‘ining o‘rinbosari D.Rustamov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i J.Urakov bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori va “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning “qizil” va “sariq” ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosini muhokama qildilar.
Manba: Sаmаrqаnd vilоyati hоkimligi