O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Voleybol: Navoiyda 2003-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi
2021-05-20 | Sport
Bugun Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida voleybol bo‘yicha 2003-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida mamlakat chempionatiga start berildi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan kishilar so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda voleybol sportini rivojlantirishga alohida barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jamoalar g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Chunonchi, o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada 13ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda bahs olib borishmoqda.
2003-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati
“A” guruhi: Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo,
“B” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Xorazm,
“S” guruhi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan,
“D” guruhi: Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Toshkent vil.
Qizlar o‘rtasidagi musobaqada esa 11ta jamoa bahslarga kirishdi. Navoiydagi musobaqaga ayrim sabablarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Toshkent viloyati sportchilari yetib kelishmadi.
2003-2004-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati
“A” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent sh.,
“B” guruhi: Namangan, Jizzax, Buxoro,
“S” guruhi: Farg‘ona, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo.
Musobaqa 24-mayga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi