Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha haftalik kollegial seminar o‘tkazildi
Mazkur seminarda Jahon banki tomonidan taqdim etilgan “Biznes yuritish” indeksining 2021-yilgi hisobotining sharhi tahlilidan kelib chiqqan holda har bir indikator kesimida o‘sish yoki pasayishning kutilayotgan nuqtalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” 2020 - yil 2 - iyundagi PF-6003-son Farmoni va Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan haftalik kollegial seminarlari jadvali hamda o‘quv-tematik rejasiga muvofiq joriy yilning 18-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “Biznes yuritish” va boshqa xalqaro reytinglar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan “Biznes yuritish” indeksi va uning tarkibidagi indikatorlarga masul bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan videokonferensaloqa orqali seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, “Biznes yuritish - 2022” navbatdagi hisobotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Jahon banki tomonidan taqdim etilgan Savolnomalarni puxta to‘ldirish bo‘yicha Boshqarma tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘zbekiston Hukumati nomidan “Data update – Doing Business 2022” maxsus portaliga yakuniy ma'lumotlarni sifatli to‘ldirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
“Biznes yuritish” indeksida O‘zbekiston Respublikasining mavqeini yanada oshirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining ishchi organlari hamda mas'ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq keyingi ishlarni olib bormoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi