O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
S.Chakrabarti bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-05-19 | Siyosat
2021-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan fikr yuritildi.
Qayd etilganidek, mazkur anjumanni o‘tkazish tashabbusi Markaziy va Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida, shuningdek, yetakchi sherik davlatlarda keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Shu munosabat bilan, tadbirga mazmunan puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi, xususan, strategik muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ayniqsa, transafg‘on yo‘lagini barpo etish bo‘yicha uning natijalarining amaliy ahamiyati ta’kidlandi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi