O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahongir Ortiqxoʻjayev Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov bilan uchrashdi
2021-05-19 | Siyosat
Xabaringiz bor, 17-18-may kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Tatariston Respublikasida boʻldi.
Tashrif davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov bilan uchrashdi.
Oʻzaro muloqot davomida tomonlar mavjud hamkorlik va uni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishdi.
Toshkent shahar hokimi Tatariston shaharsozlik, infratuzilmani yangilab borish, “aqlli shahar” tizimi va boshqa IT texnologiyalarini joriy etishda ildam borayotganligini alohida qayd etdi.
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov esa mamlakatimizning soʻnggi yillardagi yutuqlari salmoqli ekanligini qayd etib, dunyo davlatlari bilan aloqalari ham rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ayniqsa xalqimizning mehmondoʻstligi va yurtimizda beqiyos tarixiy obidalar borligini qayd etib, turizmni rivojlantirish istiqbollari katta ekanligiga toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuv yakuniga koʻra tomonlar, investitsiya, tashqi savdo, madaniyat, turizm, ta’lim, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, shaharsozlik, infratuzilma hamda transport sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: Toshkent shahar hokimligi