O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida qatnashish uchun Dubayga jo‘nab ketdi

2021-05-19 | Sport

Xabar berganimizdek, shu yil 24-may – 1-iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Bahslarda qatnashadigan erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz bugun BAAga yo‘l olishdi.

Bosh murabbiy Marat Qurbonov ushbu qitʼa birinchiligi uchun quyidagi sportchilarni tanlab olgan:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov,

-52 kg: Shahobiddin Zoirov,

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov,

-60 kg: Abdumalik Xalakov,

-64 kg: Elnur Abduraimov,

-69 kg: Bobousmon Baturov,

-75 kg: Saidjamshid Jafarov,

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov,

-91 kg: Sanjar Tursunov,

+91 kg: Bahodir Jalolov.

Lochin Qo‘chqorov boshchiligidagi ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabi esa quyidagi bokschilarni jalb etgan:

-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva,

-51 kg: Tursunoy Rahimova,

-54 kg: Sitora Shagdarova,

-57 kg: Sitora Turdibekova,

-60 kg: Rayhona Qodirova,

-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva,

-69 kg: Navbahor Hamidova,

-75 kg: Mavluda Mavlonova,

-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova,

+81 kg: Mohira Abdullayeva.

Turizm va sport vazirligi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan barcha bokschilarimizga muvaffaqiyat tilaydi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться