O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston delegatsiyasi mamlakatimiz agrar sohasining bir qator obyektlariga tashrif buyuradi

2021-05-19 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021-yil 17-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Tojikiston delegatsiyasini ikki kun davomida agrar sanoatning bir qator obyektlari bilan tanishtiradi. Delegatsiyaga Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Karimzoda Sa'di G‘afor boshchilik qilmoqda.

Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari samimiy qabul va umuman barqaror va samarali hamkorlik uchun O‘zbekiston Respublikasining hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi. «Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik uchun ichki manbalar yetarli.

Muntazam muzokaralar olib borish, qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida yaqin aloqalarni o‘rnatish va tajriba almashish o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining oshishiga yordam beradi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Tojikiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmi yildan-yilga ortib bormoqda, qishloq xo‘jaligi rivojlanishida xususiy sektorning ulushi tobora barqaror bo‘lmoqda.

Mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi, don mahsulotlari, kartoshka, sabzavot, mevalar va boshqa asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilmoqda. Bizning vazirligimiz o‘zbekistonlik hamkasblar bilan bir qator muhim sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor», - deydi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Karimzoda Sa'di G‘afor. 

Shu tariqa, Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi:
 
- ayrim turdagi ekinlarni yetishtirish, intensiv bog‘lar va chorvachilik majmualarini yaratish sohalarida agrosanoat korxonalarining hamkorligini rivojlantirish, shuningdek baliqchilik bo‘yicha tajriba almashish;
 
- qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari, seleksiya yutuqlarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish, shuningdek ularni yetishtirish texnologiyalaridan foydalanish sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish;
 
- urug‘chilikni tezkor rivojlantirish hamda don, moyli ekinlar va paxtaning yuqori mahsuldor navlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot institutlarining hamkorligini mustahkamlash;
 
- chegara hududlarda o‘simliklarni himoya qilish, kasalliklarning oldini olish va zararkunandalar hamda chigirtkalarga qarshi kurash borasida qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish;
 
- agrar klasterlarni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tajribasini o‘rganish;
 
- qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar yordamida ekinlar hosildorligini prognozlash sohasida tajriba almashish; 
 
- sohaga oid institutlar o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, shuningdek Tojikiston Respublikasi hamda mamlakatimizda o‘tkaziladigan konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, davra suhbatlarida qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining ishtiroki borasida hamkorlik qilish masalasini ko‘rib chiqish. 
 
Tashrif doirasida Tojikiston delegatsiyasi ikki kun davomida Qishloq xo‘jaligida bilimlar, innovasiyalar va xizmatlar markazi – AKIS, intensiv bog‘lar, issiqxona xo‘jaliklari, chorvachilik va parrandachilik fermalari, Agrar universitet huzuridagi “Extension center”dagi Baliqchilik markazi, mazkur universitetdagi “in-vitro” laboratoriyasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha laboratoriya va boshqa qishloq xo‘jaligi ob'ektlarida bo‘ladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 15-may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilish komissiya hamraislari — O‘zbekiston Bosh vaziri A. Aripov va Tojikiston Bosh vaziri K.Rasulzoda tomonidan o‘tkazilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться