O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA Energetika va infratuzilma vaziri bilan telefon muloqoti to‘g‘risida
2021-05-19 | Siyosat
2021-yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi