O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida Paralimpiya sport markazlari tashkil etiladi

2021-05-19 | Sport

“Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining sport obyektlari, inshootlari va jihozlaridan foydalangan holda ular bazasida Paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari tashkil etiladi.

Quyidagilar Paralimpiya sport markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:

• jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarda sport bilan shug‘ullanish qobiliyatlarini aniqlash va ularni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlarga jalb qilish;

• xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston paralimpiya terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash;

• zarur zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish hamda sport mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, sport zaxirasi va sport turlari bo‘yicha yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash yuzasidan o‘quv-mashq jarayonini tashkil etish;

• sport tayyorgarligi bosqichlarida jismoniy imkoniyati cheklangan 

va nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish usullari hamda shakllarining uzviyligini taʼminlash;

• sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport mahoratini, shuningdek, adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться