O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasi oʻz ishini boshladi

2021-05-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab birinchi ish safari doirasida 14-18-may kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan Bosh vazir oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov uchrashdi.

Muzokaralarda shuningdek, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, moliya vaziri Timur Ishmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilxom Norqulov, Uy-joy kommunal xizmati koʻrsatish vaziri birinchi oʻrinbosari Saxib Saifnazarov, Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Botir Zaxidov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha moliyaviy bitim imzolandi. Loyihani amalga oshirish uchun Jahon Banki tomonidan 50 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga qodir boʻlgan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va tijoratlashtirish sohasida davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.

Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI) va oliy taʼlim muassasalari (OTM) xalqaro darajadagi tadqiqotlarini olib borishga yordam beradi, shuningdek, ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi. ITI va OTM ilmiy xodimlari ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, jumladan, xalqaro tadqiqotchilar va xususiy sektor ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtiradigan grantlar olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, mahalliy firma va kompaniyalar boshlangʻich loyihalarga sarmoya kiritish uchun mahalliy va xalqaro bozorlarda talab qilinadigan yangi yoki mavjud innovatsion mahsulot va xizmatlarni ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari sohasida grant olishlari mumkin. Masalan, ular tibbiy, farmatsevtika va biotexnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, shuningdek, ilm-fan va texnologiyaning boshqa istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Loyiha doirasida qator ilmiy-tadqiqot institutlari infratuzilmasi va laboratoriyalarini modernizatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratiladi, Ularning roʻyxati tegishli tashkilotlarning ehtiyojlarini har tomonlama baholashdan soʻng, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться