O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy transport koridori salohiyatni oshirish choralari o‘rganilmoqda

2021-05-18 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iziston Respublikasi Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiya vaziri Gulmira Abdralyieva bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat vazirlari boshchiligidagi delegatsiya vakillari mamlakatlarimiz o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘sh – Saritosh - Irkeshtom avtomobil yo‘li bo‘ylab, o‘rganish va tadqiqot ishlarini o‘tkazishmoqda. Xususan, delegatsiya a’zolari “Irkeshtom” chegara bojxona postining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 

Shuningdek, Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon – Toshkent multimodal transport koridori salohiyatini kengaytirish, uning imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Xususan, Chiyirchiq, Taldiq, Tonmurun dovonlari va Saritosh punkitiga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida vazirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha bitimlar doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться