O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IIV ishchi guruhi va viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan «Temur tuzuklari bilimdoni» bellashuvi bo'lib o'tdi

2021-05-18 | Xavfsizlik sohasi

Ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy va ma'rifiy bilimini boyitish, ajdodlar merosi va aql zakosi mahsuli bo'lgan asarlarini o'rganish, kitobxonlik madaniyati va kitobsevarlik xislatlarini yanada oshirish maqsadida tez-tez turli mavzularda tadbirlar uyushtirib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda IIV Qashqadaryo akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi va viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tumanlarida xizmat olib borayotgan xodimlari o'rtasida «Temur tuzuklari bilimdoni» bellashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari polkovnik Habibulla Bozorov ochdi.

Uch shart – krossvord echish, Temur tuzuklari yuzasidan savol javob va tuzukda keltirilgan jumlalarni davom ettirish yo'nalishida bo'lib o'tgan bellashuvda bilimdonlar mahorati IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti mas'ul xodimi, IIV Qashqadaryo akademik litseyi va Qarshi DU o'qituvchilari hamda boshqarma Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimlaridan tarkib topgan hay'at tomonidan baholab borildi. Bahs va munozaralarga boy kechgan bilimdonlar bellashuvida ichki ishlar organlari xodimlari sohibqiron hayoti va faoliyati, jangu jadallari bilan bog'liq ko'plab ma'lumotlarni bilishi ma'lum bo'ldi.

Hakamlar hay'ati tomonidan e'lon qilingan natijalarga ko'ra, 1-o'rinni Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant Mirjalol Mursalov qo'lga kiritdi. Kasbi tumani IIB 14-sonli IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi katta leytenant Bobur Shoymardanov 2-o'rinni, Qashqadaryo viloyati IIB JIEB 33-son Manzil-koloniyasi kadrlar guruhi katta inspektori leytenant Muzaffar Bashirov 3-o'rinni band etdi.

Tanlov g'oliblari boshqarma rahbariyatining faxriy yorlig'i va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться