O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim muassasasi va mahallalar hamkorligi kengaymoqda

2021-05-18 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Mirobod tumanidagi Bilimdon, Mirobod, Baynalminal hamda Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor, Bobur, Damariq mahallalari biriktirildi.

Hozirda ular bilan birgalikda turli uchrashuvlar, ochiq davra suhbatlari va madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Institutda xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik hamda institut xususiyatidan kelib chiqib, kulolchilik, tasviriy san’at, libos dizayni, badiiy foto to‘garaklari tashkil etilib, ularga mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar keng jalb etildi.

Bugun institutda mahalla raislari, faollari hamda yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Tadbir doirasida institut talaba-yoshlari tomonidan «Practicum (Amaliyot)» nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada talabalar ijodiga mansub bir qancha tasviriy va amaliy san’at asarlari, tarixiy uslublarga xos bo‘lgan ganchkorlik namunalari, noyob taqinchoqlar nusxalari namoyish etildi.

«Non sayli»da esa yurtimizning turli hududlarida tayyorlangan non, shirinliklar, milliy liboslar, urf-odat va marosimlardan lavhalar namoyish etilib, qiziquvchilar uchun ular to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari mehmonlarni institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirib, yoshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot berdi hamda tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar uchun mahorat darslari o‘tdi.

Ochiqlar eshiklar kuni 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan «Muzey – ma’naviy yuksalish maskani» nomli tadbirga ulanib ketdi.

Tadbirda institut rektori N.Sayfullayev, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.Ismailova, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori V.Fayziyeva, soha xodimlari hamda bo‘lajak muzeyshunoslarni xalqaro muzeylar kuni bilan muborakbod etib, yurtimiz tarixi, boy madaniy merosini o‘rganish, uni xalqimiz hamda kelajak avlodga yetkazishda muzeyshunoslarning hissasi katta ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeylari bilan institut o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda ularda muzeyshunoslik kafedrasining filiallari ochilgan.

Ushbu muzeylarda yurtimiz tarixi va san’atiga oid bir qancha durdonalar saqlanayotgani, ular bilan mahalla yoshlarini yaqindan tanishtirish maqsadida bugungi kabi tadbirlar tashkil etish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, iste’dodli talaba-yoshlar hamda yosh umidli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda she’riy guldastalar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar hamda ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

– bugungi tadbir juda ham ahamiyatli bo‘ldi, – deydi "Baynalminal" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxodir Sodiqov. – Yoshlarimiz bir tomondan mazkur institutda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, oliy ma’lumot olishga bo‘lgan qiziqish va intilishlari yanada oshgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan muzeylar va ularda saqlanayotgan noyob buyumlar hamda yurtimiz tarixiga oid qiziqarli ma’lumotga ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi.

Manba: O'zA

Поделиться