O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmda OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni” keng nishonlandi

2021-05-18 | Sport

Xorazm viloyatining Urganch shahrida OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan futbol festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etishdi.

OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan futbol festivali davomida yosh ishtirokchilar maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdi.

Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda har bir guruhga biriktirilgan mahoratli murabbiylar boshchiligida maxsus jihozlangan joylarda estafeta, to‘p bilan muomala, to‘pni qo‘lda o‘ynash, yugurish hamda to‘p nazorati bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Festival davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbol sir-asrorlari bilan yaqindan tanishtirishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Qayd etish zarur, bunday tadbirlar yosh o‘quvchilarga katta futbolga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga turtki bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться