O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

2021-05-18 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Vengriya Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Marton Nad' boshchiligidagi Vengriya hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida Vengriya tomoni so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, strategik xarakterga ega bo‘lganini ta'kidladi.
 
Muloqot davomida asosiy mavzularidan biri sifatida Vengriya tajribasiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert va maslahat yordam dasturi ijrosining amaliy jihatlari muhokama etildi. Dastur borasida Vengriya Bosh vaziri V.Orbanning shu yilning mart oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishuvga erishilgan edi.
 
Samarqand va Jizzax viloyatlarining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish dasturlarini birgalikda tayyorlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi. Aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun Vengriya delegatsiyasining ushbu hududlarga ishchi safarini tashkil etish bo‘yicha kelishildi.
 
Ushbu dastur doirasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ustuvor tarmoqlarda sanoat siyosatini qayta ko‘rib chiqish, soliq va bojxona ma'murchiligi tizimlarini takomillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, moliya bozorini rivojlantirish va xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini oshirish bo‘yicha eng samarali yondashuvlar ishlab chiqiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini kengaytirish, shuningdek, aholini ish joylari bilan ta'minlash va bandligini oshirishni amaliy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, yoshlar tadbirkorligini faol rag‘batlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratiladi.
 
Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonning qator vazirlik, idora va tijorat banklarida Vengriyaning eng yaxshi amaliyotlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
Uchrashuvlar yakunida ishlab chiqilgan tavsiya va takliflarni amalda ro‘yobga chiqarish uchun “Yo‘l xaritasi” shakllantiriladi.
 
Ma'lumot uchun: M.Nad' bank-moliya tizimida hamda davlat va xususiy boshqaruv sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan yirik xalqaro ekspertdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться