O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yoshlik” mahallasi obod maskanga aylanadi

2021-05-17 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiev Navoiy shahrining “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, dasturga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar va avvalgi tashrifi davomida aytilgan kamchiliklarning bartaraf etilganlik holati bilan tanishdi. Mahallada dasturda 215 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta'mirlash rejalashtirilgan, amalda hozirgacha 185 tasi ta'mirlangan.

Mahallada 16 km gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, hozirda 6,5 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilingan; 19 ta gaz taqsimlash punktlarini qurish va ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 15 ta gaz taqsimlash punktlari ta'mirlangan.
 
Maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida mahallaga 15 ta yangi turdagi modul, konteyner va urnalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan, amalda to‘liq bajarilgan.
 
Vazir o‘rinbosari mahallaga avvalgi tashrifi davomida aholi murojaatlari asosida 1 ta bolalar maydonchasi qurilishi bo‘yicha mas'ullar bilan kelishilgan edi. Ushbu maydoncha tadbirkor tomonidan 6 mln so‘m hisobiga qurilgan.
 
B.Parpiev “Muruvvat” mahallasida ham bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar holati bilan manzilli tanishdi. Dasturga muvofiq,  5,2 km yo‘llar, 10 km piyodalar yo‘laklari, 10 km veloseped yo‘laklari rejalashtirilgan, amalda hozirda ishlar boshlanmagan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться